O'zbek Ўзбекча
A Seriya. «Napoli» safarda «Krotone»ni tor-mor etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi
Dushanba, 07 Dekabr
1772

Italiya chempionatining 10-turida «Napoli» safarda so‘nggi o‘rinda borayotgan «Krotone» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Gollar mualliflari – Insine, Losano, Demme va Petanya

«Napoli» ochkolarini 20taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. 2 ochkoga ega «Krotone» 20-pog‘onada qoldi.

A Seriya, 10-tur

Krotone – Napoli 0:4
6 dekabr, «Esio Skida»
Gollar: Insine (31), Losano (58), Demme (76), Petanya (90+1).
Krotone – Kordats, Pedru Pereyra (Eduardo Enrike, 86), Kuomo, Luperto, Retsa, Benali (Vulich, 36), Molina, Junior Messias, Petrichchone, Marrone, Nvankvo (Dregush, 86). 
Napoli – Ospina, Di Lorenso, Mariu Ruy, Kulibali (Maksimovich, 83), Manolas, Bakayoko (Lobotka, 78), Zelinski (Mertens, 69), Losano (Politano, 77), Demme, Insine (Elmaz, 78), Petanya.
Ogohlantirishlar: Kulibali (5), Kuomo (45), Pedru Pereyra (53), Retsa (67), Lobotka (81), Politano (84).
Chetlatish: Petrichchone (50).

O'xshash yangiliklar