O'zbek Ўзбекча
2021 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi o‘yinlari aprel oyigacha boshlanmaydi
Seshanba, 01 Dekabr
2307

Osiyo Chempionlar ligasi navbatdagi mavsumi odatdagidan kechroq boshlanadigan bo‘ldi.

Tribuna.uz manbasining xabar berishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi klublari OCHLda ishtirok etadigan mamlakat milliy futbol assotsiatsiyalariga xat yo‘llab, 2021 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi saralash va guruh bosqichi odatdagidek yanvar yoki fevral oyidan boshlanmasligini ma’lum qilgan. OFK qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirini aprel oyigacha boshlamasligini bildirgan. 

Qayd etilishicha, OFK klublar bilan maslahat qilib, jamoalarning uy-safar tizimida to‘p surish imkoniyati va o‘yinlarni bitta mamlakatda o‘tkazish borasidagi fikrini so‘ragan. Tashkilot 2021 yilda OFK va FIFA doirasidagi rasmiy o‘yinlar ko‘pligi bois, shunday qarorga kelgan.

Shunday ekan, xalqaro maydonda ishtirok etadigan O‘zbekiston klublari 2021 yilgi mavsumni yanvar oyidayoq xorijiy mamlakatlarda o‘tkazishiga hojat qolmaydi. Superliga va OCHL bahor oyidan boshlanishini inobatga olsak, klublarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni nisbatan kechroq boshlashlari mumkin bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar