O'zbek Ўзбекча
Zidan: «Azarning jarohati mushaklar bilan bog‘liq emasligiga umid qilaman»
Yakshanba, 29 Noyabr
4040

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 11-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga (1:2) qarshi o‘yindan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Jismoniy holatimiz borasida hech qanday izohim yo‘q. 5-daqiqadayoq gol o‘tkazib yuborilsa, barchasi ancha murakkablashadi. Bugungi o‘yinning boshlanishi – «Real» uchun mavsumdagi eng yomon bahs. O‘yin dinamikasini o‘zgartira olmadik va bu meni tashvishlantirmoqda. Bizda barqarorlik va jarohatlar muammosi mavjud. Bu bahona emas, haqiqat.

«Inter» bilan yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo bugun emas. Buni tushuntirib bera olmayman.

Qattiq ishlashni davom ettirishimiz kerak. Shundagina futbolchilarning jismoniy formasi va o‘yinimiz o‘zgarishi mumkin.

Azarning jarohati? Menimcha, bu shunchaki lat yeyish. Umid qilamanki, bu mushaklar bilan bog‘liq jarohat emas», – deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.

Teglar

O'xshash yangiliklar