O'zbek Ўзбекча
Superliga. OKMK Namanganda durang o‘ynab, mavsumni 3-o‘rinda yakunladi
Yakshanba, 29 Noyabr
1985

O‘zbekiston chempionatining 25-turida «Navbahor» o‘z uyida OKMK jamoasi bilan bahs yuritdi. Bellashuvda hisob ochilmadi. 

Durangdan so‘ng OKMK 46 ochko bilan mavsumni 3-pog‘onada yakunlaydigan va bronza medallarini qo‘lga kiritadigan bo‘ldi. «Navbahor» esa so‘nggi tur oldidan 34 ochko bilan 8-o‘ringa joylashgan.

Superliga, 25-tur
Navbahor – OKMK 0:0

29 noyabr. Namangan. «Markaziy» stadioni. 
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Sanjar Nazarov.
Navbahor – 1.O‘tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe, 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Aziz Turg‘unboyev, 18.Sardor Telyakov, 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Davron Hoshimov, 22.Igor Golban, 88.Ruslan Bolov (27.Islom Rashidxonov, 84), 95.Zabihillo O‘rinboyev.
OKMK –  35.Valijon Rahimov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Sardor Rahmonov (5.Dilshod Jo‘rayev, 78), 7.Elguja Grigalashvili, 17.Sanjar Tursunov (30.Jasur Umarov, 69), 18.Bahrom Abdurahimov (4.Mirjamol Qosimov, 88), 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 69), 23.Yovan Jokich, 31.Saydullo Rahmatov, 44.Bobur Yuldashev, 94.Husniddin G‘ofurov (20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 88).
Chetlatish: Saydullo Rahmatov (90+3).

O'xshash yangiliklar