O'zbek Ўзбекча
Mayk Tayson va Roy Jons jangida g‘olib aniqlanmadi
Yakshanba, 29 Noyabr
7523

Los-Anjelesda uzoq kutilgan boks afsonalari o‘rtasidagi jang o‘tkazildi.

Boks kechasining markaziy jangida og‘ir vaznli sobiq jahon chempioni Mayk Tayson (50-6, 44 KO) va 4 vazn sobiq chempioni Roy Jons (66-9, 47 KO) o‘zaro ringga tushishdi.

54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi jang to‘liq 8 raund davom etib,  jangda hakamlar uzoq bahslardan so‘ng durang natija qayd etilganini e’lon qilishdi.

Shunga qaramay, Tayson u g‘olib bo‘lganini aytib, durangdan noroziligini bildirgan bo‘lsa, Jons natijadan qoniqqanligini yashirmadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar