O'zbek Ўзбекча
A Seriya. «Yuventus» Ronaldusiz yana ochko yo‘qotdi
Yakshanba, 29 Noyabr
4227

Italiya chempionatining 9-turida «Yuventus» safarda «Benevento» bilan bahs yuritib, durang qayd etdi. Morataning goliga mezbonlardan Letitsiya javob berdi. 

Turinliklarning yetakchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu o‘yinda maydonga tushmadi. E’tiborlisi, Andrea Pirlo jamoasi bungacha Ronaldu o‘ynamaganda «Krotone» (1:1) va «Verona»ga  (1:1) qarshi bahslarda ham ochko yo‘qotgandi.

Durangdan so‘ng «Yuventus» 17 ochko bilan 5-o‘ringa, «Benevento» esa 10 ochko bilan 12-pog‘onaga joylashgan.

A Seriya, 9-tur
Benevento – Yuventus 1:1
28 noyabr, «Chiro Vigorito»
Gollar: Letitsiya (45+3) – Morata (21).
Benevento – Montipo, Letitsia, Glik, Barba, Kaldirola (Majo, 33; Insine, 60), Hetemay, Skyattarella, Kaprari (Tuyya, 72), Ionitse (Telo, 71), Improta, Lapadula (Sau, 72). 
Yuventus – Shchensni, de Ligt, Danilo, Frabotta, Artur (Bentankur, 62), Kuadrado, Rabo, Remzi (Kulusevski, 62), Keza (Bernardeski, 69), Morata, Dibala.
Ogohlantirishlar: Majo (59), Kuadrado (80), Skyattarella (82), Barba (86), Importa (90+5).

Teglar

O'xshash yangiliklar