O'zbek Ўзбекча
Ibrahimovich A Seriyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Juma, 06 Noyabr
1313

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Italiya A Seriyasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

39 yoshli shvetsiyalik forvard o‘tgan oyda «Inter» (2:1) va «Roma»ga (3:3) qarshi kechgan uchrashuvlarda dublga erishib, jamoasiga muhim ochkolarni keltirdi.

Zlatan 8 noyabr, yakshanba kungi «Milan» – «Verona» uchrashuvidan oldin sovrinni qabul qilib oladi.

Ma’lumot uchun, Ibrahimovich joriy mavsumda A Seriya doirasidagi 4 o‘yinda 7ta golga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar