O'zbek Ўзбекча
RPL. «Rostov» uyida autsayderga yutqazdi, «Ufa» safarda mag‘lub bo‘ldi
Yakshanba, 25 Oktabr
1796

Rossiya Premer-ligasi 12-turi doirasidagi yana ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Eldor Shomurodovning sobiq klubi «Rostov» muxlislari qarshisida chempionat autsayderi «Ximki»ga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Oston Urunovning sobiq jamoasi «Ufa» esa safarda «Axmat»ga yutqazdi – 1:3.

Ushbu natijalardan keyin «Rostov» 20 ochko bilan hozircha 6-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Ufa» 6 ochko bilan so‘nggi 16-o‘rinni egallab turibdi.

RPL. 12-tur. 
Rostov – Ximki 0:2

Gollar: 0:1 – 90 Mirzov, 0:2 – 90 Idovu.
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Xajikadunich, Osipenko, Terentev (Poyarkov, 46), Glebov (Tugarev, 46), Yeremenko, Mamayev (Gigovich, 83), Xasimoto, Poloz (Almkvist, 85), Obuxov (Bayramyan, 46).
Ximki – Lantratov, Logashov, Tixiy, Gapon, Danilkin, Bojenov, Troshechkin (Mogilevets, 76), Glushakov, Idovu, Konate (Dyadyun, 83), Mirzov, Dolgov (Kuxarchuk, 58).
Chetlatish: Yeremenko (71).

Axmat – Ufa 3:1
Gollar: 1:0 – 14, penalti Berisha, 1:1 – 56 Aliyev, 2:1 – 68 Ilin, 3:1 – 77 Berisha.
Axmat – Sheliya, Nijich, Bogosovats, Semenov, Nenaxov, Ismael, Timofeyev, Berisha (Alsultanov, 78), Xarin (Sadulayev, 79), Melkadze (Anxel, 62), Ilin (Bistrov, 72).
Ufa – Belenov, Suxov (Jamaletdinov, 90), Tabidze, Nikitin, Yokich, Karp (Sisuyev, 83), Golubev, Aliyev, Pliyev, Krotov, Andrich.
Chetlatish: Semenov (58).

O'xshash yangiliklar