O'zbek Ўзбекча
Xitoy Superligasi. «Tyanszin Teda» 2-bosqichni g‘alaba bilan boshladi
Juma, 16 Oktabr
3906

Xitoy Superligasi «V» guruhida 8 jamoa orasida so‘nggi o‘rinni olgan «Tyanszin Teda» klubi «A» guruhida so‘nggi to‘rtlikdan joy olgan «Shenchjen» klubiga qarshi maydonga tushdi.

Chempionatning ikkinchi bosqichi ikki guruhda so‘nggi 5-8-o‘rinlarni egallagan jamoalar o‘rtasida o‘tib, yakunda chempionatni 9-16-o‘rin egalari ma’lum bo‘ladi.

Dastlabki o‘yinda Odil Ahmedov to‘p surayotgan «Tyanszin Teda» klubi «Shenchjen» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Frank Achimpong dublga erishdi. Asosiy tarkibda tushgan hamyurtimiz 90 daqiqa to‘p surdi.

Xitoy Superligasi. Ikkinchi bosqich.
Tyanszin Teda – Shenchjen – 2:0

Gollar: Frank Achimpong 4, 51.

Teglar

O'xshash yangiliklar