O'zbek Ўзбекча
Shomurodov va Sergeyev Osiyoda hafta qahramoni bo‘lish uchun da’vogar
Chorshanba, 14 Oktabr
4558

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti milliy jamoalar ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan keyin qit’ada hafta qahramoni bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Quvonarlisi, Osiyoda hafta laureati bo‘lish uchun O‘zbekiston millliy jamoasining ikki nafar hujumchisi Eldor Shomurodov va Igor Sergeyev da’vogarlik qilmoqda. «Jenoa» klubi hujumchisi O‘zbekiston – Eron (1:2) uchrashuvidagi goli sababli nominantlar safiga kiritilgan bo‘lsa, «Paxtakor» klubi forvardi BAA – O‘zbekiston (1:2) o‘yinida qayd etgan dubli evaziga hafta qahramonlari orasiga kiritilgan.

Hafta qahramoni nomi uchun o‘zbekistonlik hujumchilardan tashqari, O‘zbekiston milliy jamoasi darvozasiga gol urgan Sardor Ozmun (Eron), Ali Almoez (Qatar), Ali Gulizoda (Eron), Mehdi Toremi (Eron), Takehiro Tomiyasu (Yaponiya), Gaku Shibasaki (Yaponiya) singari futbolchilar da’vogarlik qilmoqda.

Hafta qahramoni OFK saytida o‘tkazilayotgan so‘rovnoma orqali aniqlanadi. Quyidagi manzil orqali Shomurodov va Sergeyevga ovoz berishingiz mumkin.

OVOZ BERISH

Teglar

O'xshash yangiliklar