O'zbek Ўзбекча
Messi va Suares Ronaldoga tegishli rekordni takrorladi
Juma, 09 Oktabr
9907

«Atletiko» hujumchisi Luis Suares va «Barselona» forvardi Lionel Messi o‘z milliy jamoalari safida golga mualliflik qilishdi.

Urugvaylik hujumchi Chiliga (2:1) qarshi kechgan bahsda 11 metrlik jarima to‘pidan aniq foydalangan bo‘lsa, argentinalik forvard Ekvador bilan o‘yinda penaltidan gol urib, jamoasiga g‘alaba (1:0) keltirdi. Ikki uchrashuv ham JCH-2022 saralash bosqichi doirasida o‘tkazildi.

Bu gol bilan Messi ham, Suares ham milliy jamoalari safida rasmiy o‘yinlardagi 39-gollarini kiritishdi. Ushbu natija bilan Luis va Lionel Braziliya milliy jamoasi forvardi Ronaldoning rekordini takrorlashdi. 

Endi Ronaldo, Messi va Suares Janubiy Amerika milliy jamoalari tarixidagi eng yaxshi goleadorlar ro‘yxatida 39 gol bilan peshqadamlik qilishmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar