O'zbek Ўзбекча
«Zenit» Rossiya klublarining yozgi transfer oynasidagi eng qimmat xaridini amalga oshirdi
Seshanba, 06 Oktabr
13150

«Zenit» klubi «Sporting» yarimhimoyachisi Vendel transferini e’lon qildi. 

Braziliyalik 23 yoshli yarimhimoyachi Sankt-Peterburg klubi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan. 

Avvalroq, «Zenit» Vendel transferi uchun Portugaliya klubiga 20 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi. 

Ushbu transfer Rossiya Premer-ligasi klublarining yozgi transfer oynasidagi eng qimmat xaridiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Vendel 2018 yilda Braziliyaning «Fluminense» klubidan 7,5 million yevro evaziga «Sporting»ga o‘tgandi. U o‘tgan mavsum klubi safida 28 o‘yinda 3ta gol va 3ta assistga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar