O'zbek Ўзбекча
«Bavariya» vingeri Germaniya Superkubogini o‘tkazib yuboradi
Seshanba, 29 Sentabr
2009

«Bavariya» vingeri Leroy Sane «Borussiya» Dortmundga qarshi Germaniya Superkubogida maydonga tusha olmaydi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.

24 yoshli germaniyalik futbolchi tizzasidan jarohat olgan. Xabar qilinishicha, himoyachi David Alaba ham o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Sane «Bavariya»ga yozgi transferlar oynasida 49 mln yevro evaziga «Manchester Siti»dan kelib qo‘shildi. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

«Bavariya» va «Borussiya» D o‘rtasidagi Germaniya Superkubogi 30 sentyabr kuni «Alyans-Arena»da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:30da start oladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar