O'zbek Ўзбекча
Gvardiol «Leypsig»ga o‘tdi
Dushanba, 28 Sentabr
3183

Xorvatiyalik yosh himoyachi Yoshko Gvardiol «Leypsig»ga o‘tdi.

Nemis klubi 18 yoshli futbolchining transferi borasida Zagrebning «Dinamo» klubi bilan kelishuvga erishdi. Ammo himoyachi 2020/21 yilgi mavsumni zagrebliklar safida ijarada o‘tkazadi.

U «buqalar» safiga 2021 yil 1 iyuldan qo‘shiladi. Uning «Leypsig» bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Kicker'ning yozishicha, «Leypsig» Gvardiol uchun 16 mln yevro to‘lagan. Bu qiymat bonuslar hisobiga ortishi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar