O'zbek Ўзбекча
Superliga. «Surxon» Muborakda «Mash’al»ni mag‘lub etdi
Yakshanba, 27 Sentabr
1435

Superliga 17-turi doirasida Muborakda o‘tgan «Mash’al» - «Surxon» uchrashuvi nihoyasiga yetdi.

O‘yinning 82-daqiqasida burchakdan uzatilgan to‘pni Husniddin G‘ofurov muborakliklar darvozasiga yo‘llab, hisobni ochdi. Ushbu vaziyatda to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi, deb hisobladi hakam.

Yakunda ushbu gol «Surxon»ga muhim g‘alabani keltirdi va Termiz klubi 12 ochko bilan yana 12-o‘ringa qaytdi. Muborak jamoasi esa 19 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Superliga. 17-tur.
«Mash’al» - «Surxon» - 0:1
Hakam: Asker Najafaliyev

Gol: Husniddin G‘ofurov 82.

«Mash’al»: 35.Rahim Davronov, 5.Najmiddin Normurodov, 6.Sirojiddin Rahmatullayev, 7.Ifeani Ifeani, 11.Mo‘min Meliyev, 14.Ella Arman (9.Nikita Pavlenko, 60), 17.Jamoliddin Ubaydulloyev, 18.Abbos Shodmonov, 19.Sardor Abduraimov (8.Ibe Mishel Okoro, 70), 27.Sardor Eminov (10.Sherzod Temirov, 70), 33.Denis Vasilev.

«Surxon»: 12.Azamat Ahmedov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 10.Shavkat Salomov, 11.Aleksandr Kasyan (17.Sardor Sulaymonov, 75), 19.Nuriddin Hasanov (8.Sherzod Karimov, 53), 20.Husniddin G‘ofurov, 21.A’zam Aliyev, 32.Jahongir Mehmonov, 44.Darko Stanoyevich, 66. Behruz Shaydulov, 77.Asror G‘ofurov.

Teglar

O'xshash yangiliklar