O'zbek Ўзбекча
OCHL. «Persipolis» chorakfinalda, «As-Sadd» va Xavi turnirni tark etdi
Yakshanba, 27 Sentabr
5824

Osiyo Chempionlar ligasi nimchorakfinali doirasidagi uchinchi juftlik bahsi ham nihoyasiga yetdi.

Eronning «Persipolis» va Qatarning «As-Sadd» klubi o‘rtasidagi bahsning 88-daqiqasida forslar futbolchisi Kosir tomonidan kiritilgan yagona gol Eron klubiga chorakfinal yo‘llanmasini taqdim etdi. Natijada Xavi murabbiyligidagi «As-Sadd» klubi o‘z uyida o‘tayotgan turnirni erta tark etishga majbur bo‘ldi. 

«Persipolis»gacha «Paxtakor» va «Al Ahli» klublari ham chorakfinal yo‘llanmasiga ega chiqqandi. So‘nggi yo‘llanma uchun Saudiya Arabistonining «An-Nasr» va «Al-Taavun» klublari kurash olib borishadi.

OCHL. Nimchorakfinal. 27 sentyabr
«Persipolis» (Eron) - «As-Sadd» (Qatar) – 1:0
Gol: Kosir (88)

O'xshash yangiliklar