O'zbek Ўзбекча
Liga 1. «Monako» 9 o‘yinchi bilan g‘alabani saqlab qoldi va boshqa natijalar
Yakshanba, 27 Sentabr
2236

Fransiya chempionatida 5-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. 

«Monako» o‘z maydonida «Strasburg»ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bo‘limda monegaskliklarning ikki o‘yinchisi chetlatildi, shunga qaramay mezbonlar g‘alabani saqlab qolishdi.

Shuningdek, tur doirasida «Anje» o‘z uyida «Brest»dan ustun keldi. Qolgan 3 o‘yinda g‘olib aniqlanmadi.

Liga 1, 5-tur, 27 sentyabr
Monako – Strasburg 3:2

Gollar: Ben-Yedder (9, 53), Agilyar (45+1) – Shaxiri (46), Ajork (70, penalti).

Monako – Lekomt, Disasi, Agilyar, Badiashile, Ballo-Ture, Fabregas (Byankone, 72), Tchuameni, Fofana (Diop, 54), Folland, Yovetich (Matazo, 61), Ben-Yedder (Matsima, 72). 

Strasburg – Kamara, Lala, Karol, Simakan, Jiku (Prsich, 61), Bellgard (Shaxiri, 46), Tomasson (Saadi, 71), Sissoko (Zoi, 77), Mitrovich, Ajork, Uoris (Lienar, 46).

Ogohlantirishlar: Tchuameni (21), Ballo-Ture (40), Tomasson (60).

Chetlatishlar: Tchuameni (55), Disasi (67).

Bordo – Nitssa 0:0

Dijon – Monpele 2:2
Gollar: Ebimbe (8), Ekyuel-Manga (60) – Delor (50), Savane (90, penalti).

Anje – Brest 3:2
Gollar: Tiub (21), Traore (78), Fyuljeni (80) – Mune (3 penalti), Sharbone (32).

Nim – Lans 1:1
Gollar: Ferxat (87) – Ganago (34)

O'xshash yangiliklar