O'zbek Ўзбекча
Bundesliga. «Hoffenhaym» «Bavariya»ning 32 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi
Yakshanba, 27 Sentabr
3851

Germaniya chempionatining 2-turida «Hoffenhaym» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qilib,  yirik hisobda g‘alaba qozondi va myunxenliklarning 32 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi. Mezbonlar safida Kramarich dublga erishdi.

G‘alabadan so‘ng «Hoffenhaym» ochkolarini 6taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «Bavariya» esa 3 ochko bilan 6-pog‘onaga tushdi.

Bundesliga, 2-tur
Hoffenhaym – Bavariya 4:1
27 sentyabr, «PreZero-Arena»

Gollar: Bichakchich (16), Dabbur (24), Kramarich (77, 90+1 penalti) – Kimmix (36).

Hoffenhaym – Baumann, Kaderjabek, Posh, Bichakchich (Skov, 39), Akpoguma, Gayger (Bebu, 58), Samasseku, Baumgartner (Gachinovich, 59), Fogt, Kramarich, Dabbur (Grillich, 80).

Bavariya – Noyer, Devis, Alaba, Pavar (Goretska, 57), Boateng, Gnabri, Kimmix, Myuller, Tolisso (Musiala, 72), Sane (Koman, 73), Zirkzeye (Levandovski, 57).

Ogohlantirishlar: Geyger (21), Baumgartner (28), Kramarich (45+1), Boateng (90+1), Noyer (90+1).

Teglar

O'xshash yangiliklar