O'zbek Ўзбекча
«Ayaks» himoyachisi jamoadoshlariga «Barselona»ga o‘tayotganini aytdi
Yakshanba, 27 Sentabr
4488

«Ayaks» himoyachisi Serjino Dest jamoadoshlariga yaqinda jamoani tark etishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, amerikalik 19 yoshli futbolchi «Barselona»ga o‘tishga tayyorlanmoqda. Kataloniyaliklar transferni 29 sentyabrga qadar yakunlashni rejalashtirishmoqda.

Xabar qilinishicha, «Barselona» Dest uchun bonuslar bilan birga 25 mln yevro to‘laydi. Shuningdek, himoyachiga «Bavariya» ham 25 mln yevro to‘lashga tayyorligi aytilmoqda.

Dest «Ayaks» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U o‘tgan mavsumda jamoa safida 36ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Teglar

O'xshash yangiliklar