O'zbek Ўзбекча
APL. «Tottenhem» 90+8-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Yakshanba, 27 Sentabr
4657

Angliya Premer-ligasi 3-turi doirasidagi «Tottenhem» «Nyukasl» uchrashuvi nihoyasiga yetdi.

O‘yinning 25-daqiqasida Lukas Moura tomonidan kiritilgan gol London klubiga ketma-ket ikkinchi g‘alabani taqdim etayotgan edi. 

Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan 5 daqiqaning so‘nggisida VAR tizimi to‘p jarima maydoni ichida Dayerning qo‘liga tekkanligini ko‘rsatdi. Penaltidan Uilson aniq foydalandi – 1:1

Natijada Joze Mourino jamoasi dastlabki 3 turda bitta mag‘lubiyat va bitta g‘alabadan keyin durang qayd etishdi.

APL. 3-tur
Tottenxem – Nyukasl 1:1 
Gol: 1:0 – 25 Lukas Moura - 1:1 – 90+8 Uilson.

Tottenhem – Loris, Sanches, Doerti, Devis, Dayer, Uinks, Lo Chelso (Ndombele, 77), Lukas Moura (Lamela, 79), Xeyberg, Son Hyon Min (Bergveyn, 46), Keyn.

Nyukasl – Darlou, Fernandes, Mankilo, Lassels, Ritchi (Lyuis, 69), Almiron (Kerroll, 77), Shelvi, Xendrik (Merfi, 74), Xeyden, Joelinton, Uilson.

Teglar

O'xshash yangiliklar