O'zbek Ўзбекча
Ganada mikroavtobusning daryoga qulashi oqibatida 8 futbolchi vafot etdi
Dushanba, 21 Sentabr
3067

Ganada yoshlar o‘rtasidagi turnir doirasidagi o‘yinda qatnashish uchun safarga chiqqan yoshlar ligasi jamoasi joy olgan mikroavtobus avtohalokatga uchradi, deya yozmoqda Sports World Ghana portali.

Manbaning yozishicha, futbolchilar joy olgan mikroavtobus haydovchisi daryo yoqasidan o‘tgan yo‘lning burilish qismida boshqaruvni yo‘qotgan va mikroavtobus daryoga qulagan. Avtohalokat oqibatida 6 nafar futbolchi voqea joyida vafot etgan, yana ikki nafar futbolchi shifoxonaga olib borilayotganda yo‘lda jon bergan. Qolganlarda jiddiy shikastlanish yo‘qligi uchun dastlabki tibbiy tekshiruvdan keyin javob berib yuborilgan.

Qayd etilishicha, vafot etganlarning aksariyati 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bo‘lgan.

O'xshash yangiliklar