O'zbek Ўзбекча
Martinesning agenti hujumchining «Real»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlarga javob berdi
Seshanba, 15 Sentabr
9490

«Inter» hujumchisi Lautaro Martinesning agenti futbolchining boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.

«Inter» ofisiga tashrif? Bu tashrifda Madrid yoki «Barsa» haqida gap yo‘q edi. Lautaro klubda qoladi. «Real» bilan hech qanday muzokara yo‘q», – deya agentning so‘zlarini keltiradi AS.

Avvalroq OAVda «Real» milanliklar bilan Martinesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani borasida xabarlar tarqalgandi.

23 yoshli forvard «Inter»ga 2018 yili 25 mln yevro evaziga Argentinaning «Rasing» klubidan o‘tgan. U o‘tgan mavsumda A Seriyada 35ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol va 3ta assistni o‘z hisobigan yozdirib qo‘ygan.

Teglar

O'xshash yangiliklar