O'zbek Ўзбекча
Martinesning agentlari «Barselona» bilan muzokara o‘tkazish uchun Ispaniyaga kelishdi
Juma, 11 Sentabr
4508

«Inter» hujumchisi Lautaro Martinesning agentlari «Barselona» bilan muzokaralarni qayta boshlashdi, deb xabar beradi TyC Sport.

Manbaga ko‘ra, vakillar Kataloniya klubi rahbariyati bilan uchrashish uchun Barselonaga kelishdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, italyan klubi 23 yoshli argentinalik uchun ispanlardan 111 mln yevro so‘ragan. Ammo «Barselona» koronavirus pandemiyasi sharoitida moliyaviy inqirozni hisobga olgan holda, bunday qiymatni to‘lashga qodir emas. 

Avvalroq «Inter» vitse-prezidenti Xaver Dzanetti Martinesning «neradzurri» safini tark etmasligini aytgandi. 

Hujumchi «Inter»ga 2018 yili 25 mln yevro evaziga Argentinaning «Rasing» klubidan o‘tgan. U o‘tgan mavsumda A Seriyada 35ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar