O'zbek Ўзбекча
«Barselona» Lautaro Martines transferi borasida so‘nggi taklifni tayyorlamoqda
Yakshanba, 06 Sentabr
5257

«Barselona» «Inter»ga argentinalik hujumchi Lautaro Martines transferi borasida so‘nggi taklifni tayyorlamoqda, deb xabar beradi Goal.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» niderlandiyalik hujumchi Memfis Depayni sotib olishga yaqin turganiga qaramay, Martines klubning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. 23 yoshli forvard kataloniyaliklar tarkibida «Yuventus»ga o‘tilishi kutilayotgan Luis Suaresning o‘rnini egallashi mumkin.

Martines «Inter»ga 2018 yil yozida 25 mln yevro evaziga Argentinaning «Rasing» klubidan o‘tgan. U o‘tgan mavsumda A Seriyada 35ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol va 3ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar