O'zbek Ўзбекча
SSKA Baxtiyor Zaynutdinov transferini e’lon qildi
Seshanba, 25 Avgust
8777

Moskvaning SSKA klubi «Rostov»ning 22 yoshli yarimhimoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov transferini e’lon qildi.

Qozog‘istonlik futbolchi moskvaliklar bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. Zaynutdinov o‘tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasida 17 o‘yin o‘tkazib, 4ta golga mualliflik qilgandi. Futbolchining «Rostov»dan SSKAga o‘tish transferi 2 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Rossiya Premer-ligasi 4-turidan keyin SSKA 6 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. «Rostov» esa 6 ochko bilan 9-o‘rindan joy olgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar