«Inter» hujumchisi Lautaro Martines UEFA tomonidan Yevropa ligasida hafta qahramoni deb topildi.
Argentinalik hujumchi Yevropa ligasi yarimfinali doirasidagi «Inter» - «Shaxtyor» (5:0) o‘yinida dublga erishgandi. Shuningdek, ushbu sovrin uchun Yassin Bono («Sevilya»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») va Romelu Lukaku («Inter») ham da’vogarlar ro‘yxatidan joy olgandi.
Ma’lumot uchun, «Inter» turnir finalida 21 avgust kuni Ispaniyaning «Sevilya» klubiga qarshi maydonga tushadi.