O'zbek Ўзбекча
«Real» Dibalani qo‘lga kiritish uchun kelishuvga Kroos yoki Iskoni qo‘shishga tayyor
Dushanba, 10 Avgust
5577

«Real» klubi yozgi transfer oynasida Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Sport Mediaset’ning yozishicha, Madrid klubi 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun «Yuventus»ga o‘z yarimhimoyachilari Toni Kroos yoki Iskoni taklif etishga tayyor. Ushbu kelishuv qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.

Shunga qaramay, Turin klubi Dibala bilan xayrlashmoqchi emas. Andrea Pirlo jamoani aynan Dibala atrofida qurmoqchi. «Yuve» rahbariyati 26 yoshli hujumchisi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida muzokarani davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, avvalroq «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «PSJ»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar