O'zbek Ўзбекча
Pro liga ikki mintaqaga bo‘lingan holda davom ettiriladi. O‘yinlar UzReportTV va Futbol TV orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan
Dushanba, 10 Avgust
2703

O‘zbekiston professional futbol ligasi koronavirus pandemiyasi sharoitida Pro liga uchrashuvlarining yangi sanasi va o‘tkazish formatini qaytadan ko‘rib chiqqan.

Endilikda Pro liga bahslari ma’lum muddat ikki mintaqa – «janub» va «shimol»ga bo‘lingan holda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, «janub» guruhidan «Dinamo», «Sho‘rtan», «Xorazm» va «Zomin» joy olsa, «shimol»dan «Neftchi», «Turon», «Istiqlol» va «Oqtepa» klublari o‘rin oladi.

«Janub» mintaqasidagi o‘yinlar Qashqadaryo, Samarqand va Jizzaxda o‘tkazilsa, «shimol» guruhi o‘yinlari Farg‘onada tashkil qilinadi. Bu formatga binoan hech bir klub o‘z uyida maydonga tushmaydi, barcha jamoalar neytral maydonda to‘p surishi rejalashtirilmoqda.

PFL kamida keyingi beshta tur uchrashuvlarini shu format asosida o‘tkazib, imkonqadar barcha o‘yinlarni UzReportTV va Futbol TV orqali namoyish etishni rejalashtirmoqda. Uchrashuvlar 16 avgust kunidan davom ettirilishi va jamoalar har uch kunda maydonga tushishi kutilmoqda. Sentyabr oyida koronavirus holati bo‘yicha vaziyat qanday ekanligi inobatga olinib, chempionat avvalgi holiga qaytishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Pro liga bahslari 15 iyul kungi 3-turdan keyin vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan edi. Endi o‘yinlar Superliga uchrashuvlari bilan parallel ravishda davom ettiriladi. 

PFL tez orada Pro liga bahslarining yangilangan taqvimini e’lon qilishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar