O'zbek Ўзбекча
Messi vataniga insonparvarlik yordamini yubordi
Dushanba, 10 Avgust
6302

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi koronavirusga qarshi kurashda Argentinaga yordam berishga qaror qildi.

Futbolchi 50ta o‘pkani shamollatish uskunasini Argentinaga yubordi. Ulardan 32tasi qadrdon shahri Rosarioga ajratildi.

Bundan tashqari, 33 yoshli to‘purar tibbiyot xodimlari uchun himoya vositalari va yuqori chastotali ventilyatsiya uskunalarini sotib olish uchun shaxsiy hisobidan pul berdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BST) ma’lumotiga ko‘ra, 10 avgust holatiga Argentinada koronavirus yuqtirib olganlar soni 247 mingga yaqinlashgan, vafot etganlar soni 4,5 mingdan oshgan, sog‘ayib ketganlar soni 109 mingni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar