O'zbek Ўзбекча
Manba: «Spartak» Rossiya chempionatini tark etmaydi
Dushanba, 10 Avgust
8160

Rossiya Futbol Ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukov «Spartak» xo‘jayini Leonid Fedun bilan uchrashib, uni chempionatni tark etish haqidagi fikridan qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu haqda RBK nashri o‘z manbasiga tayangan holda xabar berdi.

«Suhbat chog‘ida Fedun «Spartak»ning o‘yinlaridagi hakamlikdan xavotirda ekanini, ba’zi bahslarda hakamlar atayin jamoaga qarshi xato qilayotganini bildirgan», – deyiladi xabarda.

Yakunda «Spartak» chempionatni tark etmasligi, Fedunning gaplari esa ehtiroslarga asoslangani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, RPL 1-turidan o‘rin olgan «Sochi»ga (2:2) qarshi bahsda bosh hakam Vasiliy Kazarsev «Spartak» darvozasiga shubhali 2ta penalti belgilagan, natijada, «qizil-oqlar» so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqarishgan edi. Shundan so‘ng, Fedun «Spartak»ning chempionatni tark etishi haqida bayonot berdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar