O'zbek Ўзбекча
«Lokomotiv» uch nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Dushanba, 10 Avgust
6812

Bugun, 10 avgust kunidan boshlab Superliga va Pro liga klublari uchun yozgi transfer oynasi rasman ochildi.

Toshkentning “Lokomotiv” klubi rasmiy saytining e’lon qilishicha, transfer oynasining birinchi kunida uch nafar futbolchi Toshkent klubini tark etgan.

“Darvozabon Ignatiy Nesterov, himoyachi Davron Hoshimov hamda yarimhimoyachi Oybek Qilichev klub bilan xayrlashdi. 
Tajribali posbon Ignatiy Nesterov “temiryo‘lchilar” tarkibiga 2014 yil kelib qo‘shilgandi. U dastlabki besh mavsum jamoamiz sharafini himoya qilib uch bor O‘zbekiston chempioni, uch bor O‘zbekiston Kubogi sohibi, bir marta O‘zbekiston Superkubogi sohibi kabi sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2016 yil jamoamizning Osiyo chempionlar ligasi chorak finalga qadar borishida munosib hissa qo‘shdi. 
O‘tgan yilning ma’lum bir qismini Saudiya Arabistonining “Uhod” klubida o‘tkazgan Nesterov shundan so‘ng yana “Loko”ga qaytib Superliga oxirgi beshta turida “temiryo‘lchilar” darvozasini himoya qildi. Nesterov bu yilgi mavsumni ham “Loko” safida boshladi va jamoa sardori sifatida futbolchilarni maydonga boshlab chiqdi. Lekin yozgi transfer oynasi payti u jamoa almashtirishga qaror qildi va bu niyatini “Lokomotiv” PFK rahbariyati darvozabon xohish-istagidan kelib chiqqan holda qo‘llab-quvvatladi. Natijada har ikki tomon roziligi bilan Ignatiy Nesterov shartnomasi bekor qilinib, mohir darvozabon erkin agent sifatida jamoamizni tark etdi”, - deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Ignatiy Nesterov va Oybek Qilichev Navoiyning “Qizilqum” klubi safiga borib qo‘shilgan bo‘lsa, Davron Hoshimov ham yaqin orada ushbu jamoa tarkibidan o‘rin olishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar