O'zbek Ўзбекча
«Liverpul» gretsiyalik himoyachi transferiga yaqin
Dushanba, 10 Avgust
3387

«Olimpiakos» himoyachisi Konstantinos Simikas «Liverpul»ga o‘tishi mumkin.

«Qizillar» 24 yoshli futbolchi uchun taxminan 13 mln yevro to‘lamoqchi. Simikas shu haftada tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.

Chap qanot himoyachisi bo‘lgan gretsiyalikning «Liverpul» bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Avvalroq, mersisaydliklar «Norvich» bilan himoyachi Jamol Lyuis transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazishgandi. Ammo tomonlar kelishuvga erisholmadi.

O'xshash yangiliklar