O'zbek Ўзбекча
«Atletiko»ning qaysi futbolchilari koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi
Dushanba, 10 Avgust
7988

«Atletiko» klubi rasmiy sayti jamoaning ikki futbolchisi koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi.

Infeksiya himoyachi Shime Vrsalko va yarimhimoyachi Anxel Korreada aniqlandi. Ikkala futbolchida ham alomatlar yo‘q. Shunga qaramay, ular o‘zlarini izolyatsiya qilishmoqda. Shu bilan birga, Vrsalkoda bir necha oydan beri antitanachalar borligi qayd etildi.

Jamoaning boshqa  futbolchilari va ularning oila a’zolarida COVID-19 uchun o‘tkazilgan testlar salbiy natija ko‘rsatdi.

O'xshash yangiliklar