O'zbek Ўзбекча
«Zenit» - Rossiya Superkubogi sohibi
Juma, 07 Avgust
5912

Rossiya Premer-ligasi yangi mavsumi starti oldidan mamlakat Superkubogi doirasida «Zenit» hamda «Lokomotiv» klublari o‘zaro maydonga tushishdi.

Shu kuni piterliklar safida yangi futbolchi Deyan Lovren maydonga tushirilgan bo‘lsa, «Lokomotiv»ning o‘zbekistonlik yangi xaridi Jasur Jaloliddinov o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Moskvada o‘tgan uchrashuvning 14-daqiqasida Sankt-Peterburg klubi sardori Artyom Dzyubaning bosh bilan yo‘llangan zarbasidan keyin hisob ochildi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 69-daqiqasida esa Magomed Ozdoyev jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan ajoyib zarbasi bilan hattoki «temiryo‘lchilar» posboni Gilermeni ham tomoshabinga aylantirib qo‘ydi – 2:0.

Goldan keyin hujumkorlikni oshirgan «Loko» o‘yinchilari 72-daqiqada Chorlukaning goli evaziga hisobni qisqartirgan bo‘lishsa-da, yakunda Sergey Semak shogirdlari muhim g‘alabani saqlab qolishdi – 2:1.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Rossiya chempionligi, kubogi g‘olibi bo‘lgan «Zenit» Rossiya Superkubogida ham g‘alaba qozonib, mamlakatning tengsiz jamoasi ekanligini yana bir karra namoyish etdi.

7 avgust (juma)
Rossiya Superkubogi. Moskva

Zenit – Lokomotiv 2:1

Gollar: 1:0 – 14 Dzyuba, 2:0 – 69 Ozdoyev, 2:1 – 72 Chorluka.
Zenit – Kerjakov, Lovren, Duglas Santos, Rakitskiy, Karavayev, Barrios, Ozdoyev (Yeroxin, 88), Malkom (Mostovoy, 81), Azmun (Rigoni, 90), Dzyuba (Jirkov, 81), Driussi (Musayev, 88).
Lokomotiv – Gilerme, Ribus, Magkeyev (Jemaletdinov, 69), Chorluka, Ignatev, Miranchuk (Ribchinskiy, 81), Barinov, Miranchuk, Krixovyak, Serkeyra, Eder (Smolov, 62).

O'xshash yangiliklar