O'zbek Ўзбекча
Vadim Abramov: «O‘runov va Jaloliddinovning iqtidorini ilg‘ab qolishdi»
Juma, 07 Avgust
7458

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov yozgi transfer oynasida Rossiyaning «Spartak» klubiga o‘tgan Oston O‘runov va «Lokomotiv» safiga qo‘shilgan Jasur Jaloliddinovning transferi haqida fikrini bildirdi.

«O‘zbekiston milliy jamoasining bosh murabbiyi sifatida yosh futbolchilarning legionerga aylanishi xursand qilmay qo‘ymaydi. O‘runov va Jaloliddinovni Rossiyaning yetakchi klublari taklif etgan ekan, demak bu futbolchilarda qandaydir iqtidorni ilg‘ab qolishgan. Har ikkisini ham iqtidorini yuqori baholayman.

Endi hammasi futbolchilarga bog‘liq. Eng asosiysi bu yoshda ularga o‘yin amaliyoti berilishi juda muhim. Yigitlarning keyingi faoliyati qanday kechishi faqat o‘zlariga bog‘liq», - deydi milliy jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Karlenovich sports.ru saytiga.

Ma’lumot uchun, Moskvaning «Lokomotiv» klubi bugun, 7 avgust kuni «Zenit»ga qarshi Rossiya Superkubogi doirasidagi o‘yin bilan yangi mavsumni boshlasa, «Spartak» 9 avgust kuni Rossiya Premer-ligasi 1-turi doirasidagi «Sochi»ga qarshi bahs bilan yangi mavsumni boshlaydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar