O'zbek Ўзбекча
«Navbahor»ni tark etgan Amirbek Jo‘raboyev Tojikiston chempioni bilan shartnoma tuzdi
Juma, 07 Avgust
2094

«Navbahor» klubi safini tark etgan tojikistonlik legioner Amirbek Jo‘raboyev Tojikistonga qaytdi.

Yarimhimoyachi Dushanbening «Istiqlol» klubi safiga borib qo‘shilgan. Klub rasmiy saytining yozishicha, Jo‘raboyev Tojikistonning amaldagi chempioni bilan 1 yillik shartnoma imzo chekkan. 

Ma’lumot uchun, Amirbek Jo‘raboyev 2016-2019 yillar davomida «Istiqlol» safida to‘p surib, klubi bilan ichki turnirlarda g‘olib chiqqan va 2017 yilda OFK Kubogi finalida to‘p surgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar