O'zbek Ўзбекча
«Everton» «Real» himoyachisi uchun 18 mln funt taklif qildi
Shanba, 01 Avgust
5542

«Real» himoyachisi Serxio Regilon jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Sky Sports'ning yozishicha, o‘yinchiga Angliyaning «Everton»i qiziqmoqda. Mersisaydliklar 23 yoshli ispan uchun allaqachon 18 mln funt taklif etishgan.

Regilon o‘tgan mavsumni «Sevilya»da ijarada o‘tkazdi va 31ta o‘yinda 2ta gol urib, 4ta golga hammualliflik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar