O'zbek Ўзбекча
Chiro Immobile «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritishga yaqin
Shanba, 01 Avgust
5995

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile 2019/20 mavsumining Yevropadagi eng yaxshi to‘purari sifatida «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritishga yaqin.

30 yoshli hujumchi Italiya chempionati doirasida 35ta gol urdi. 

31ta gol urgan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu nazariy jihatdan unga yetib olishi mumkin edi. Chunki, dam olish kunlari A Seriyaning yakuniy, 38-tur o‘yinlari o‘tkazilishi lozim edi. Ammo mudatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan «Yuventus» Ronalduni «Roma»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi. 

Natijada, Immobile faoliyatida ilk marotaba nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski 34ta gol bilan ikkinchi, Krishtianu Ronaldu 31ta gol bilan uchinchi bo‘ldi.

«Oltin butsa» sovrini 1968 yildan beri Yevropa chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchilarga topshirilmoqda. Uni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hisoblanadi – 6 marta (2010, 2012, 2013, 2017, 2018, 2019). Portugaliyalik to‘purar Krishtianu Ronaldu hisobida 4ta sovrin bor (2008, 2011, 2014, 2015).

Tavsiya qilamiz: France Football 1992 yili «Oltin butsa»ni bekor qilgan – bir qalloblik tarixi

Teglar

O'xshash yangiliklar