O'zbek Ўзбекча
Kokorin Moskva klubiga o‘tishga yaqin
Payshanba, 30 Iyul
4113

Rossiyalik hujumchi Aleksandr Kokorin jamaosini o‘zgartirishga yaqin turibdi. U Rossiyaning boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tmoqda.

Rus nashrlarida yozilishicha, 29 yoshli Kokorin Moskvaning «Spartak» klubiga ko‘chib o‘tadi. Moskvaliklar bosh direktori Shamil Gaziyev shartnoma shartlari bo‘yicha Kokorin bilan kelishib olgani aytilmoqda. U bilan 3+1 ko‘rinishida shartnoma imzolanishi va yillik 3,5 million yevro atrofida maosh berilishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumni «Sochi» safida o‘tkazagan Kokorin erkin agent sifatida xohlagan jamoasiga o‘tishi mumkin. Unga Moskvaning «Lokomotiv» klubi ham qiziqish bildirgan, biroq keyinchalik «temiryo‘lchilar» uni o‘z safiga qo‘shib olishni istamagani ma’lum bo‘lgandi.

Kokorin faoliyati davomida Rossiyaning «Dinamo», «Zenit» va «Sochi» jamoalarida o‘ynagan. Kokorin Pavel Mamayev bilan qilgan zo‘ravonligidan so‘ng «Zenit» u bilan shartnomani bekor qilgan edi.

«Spartak» o‘zbekistonlik Oston O‘runov bilan ham shartnoma imzolashi kutilmoqda. Rus nashrlariga ko‘ra, «Spartak» xo‘jayini Leonid Fedun O‘runovni jamoaga olib kelishga qaror qilgan va u uchun 2 million yevro to‘lashga rozi. O‘runov «Spartak»ga o‘tsa, yillik 600 ming dollar maosh olishi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar