O'zbek Ўзбекча
«Zenit» futbolchilari Rossiya kubogini sindirib qo‘yishdi
Shanba, 25 Iyul
3329

Rossiya kubogi finalida Peterburgning «Zenit» klubi quyi divizion vakili «Ximki»ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Artyom Dzyubaning penaltidan urgan yagona goli «Zenit»ga g‘alaba keltirdi. Qizig‘i, taqdirlash marosimidan keyin «Zenit» futbolchilari kubokni maydonga olib tushishdi va g‘alabani nishonlayotib, uni sindirib qo‘yishdi. Jamoa sardori Branislav Ivanovich kubokni qo‘lidan tushirib yubordi va billurdan yasalgan kubok sindi.

Ma’lumot uchun, «Zenit» joriy mavsumda oltin dubl qayd etdi. Sergey Semak jamoasi kelgusi mavsumda YeCHL guruh bosqichida ishtirok etadi. «Zenit»ning kubok finalidagi g‘alabasi «Rostov» jamoasi uchun foydali bo‘ldi. Chunki endi Karpin jamoasi Yevropa Ligasini ikkinchi emas, uchinchi saralash bosqichidan boshlaydi.

O'xshash yangiliklar