O'zbek Ўзбекча
Bartomeu: «Ertami, kechmi Xavi baribir «Barselona» bosh murabbiyi bo‘ladi»
Dushanba, 13 Iyul
2611

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu jamoaning sobiq yarimhimoyachisi Xavi qachonlardir bosh murabbiy qilib tayinlanishini aytdi.

«Ertami, kechmi Xavi baribir «Barselona» bosh murabbiyi bo‘ladi. Ammo hozir Kike o‘rniga boshqa murabbiy izlamayapmiz. Seten Primera va Chempionlar Ligasi yakunigacha jamoada ishlaydi.

Bizda noodatiy mavsum ketyapti, hatto avgustda ham o‘ynaymiz. Agar «Napoli» to‘sig‘idan o‘tsak, Lissabonga boramiz.

Biz Seten bilan imzolangan shartnomaga amal qilmoqchimiz. U bilan kelajak rejalarini muhokama etamiz. Ehtimol u biz bilan qolishi mumkin. Bu haqdagi fikrlari menga qiziq», — deb Bartomeu so‘zlarini keltirmoqda TV3.

Avvalroq Xavi Qatarning «As-Sadd» klubi bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar