O'zbek Ўзбекча
Futboldagi vaqtinchalik qoidalar kelasi mavsumda ham amalda bo‘ladi
Chorshanba, 08 Iyul
2006

Futbol qoidalarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) keyingi mavsumda ham o‘yin davomida 5ta o‘zgarishni amalga oshirishga ruxsat berdi.

Bu qoida koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan mavsumni davom ettirishdan oldin, futbolchilarni ortiqcha jismoniy yuklamalar va jarohatlardan asrash uchun vaqtinchalik joriy qilingan edi. 

The Athletic xabariga ko‘ra, bu qoidalar 2020/21 mavsumi davomida ham amalda bo‘ladi. Har bir liga bu qoidalarni qo‘llash haqida mustaqil qaror chiqarish huquqiga ega.

Qayd qilinishicha, o‘yin davomida 5 futbolchini almashtirish qoidasi 2021 yilga qoldirilgan Yevro-2020 musobaqasi davomida ham qo‘llanishi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar