O'zbek Ўзбекча
Klaudio Pisarro 41 yoshida faoliyatini yakunladi
Seshanba, 07 Iyul
2418

Bremenning «Verder» klubi hujumchisi Klaudio Pisarro 41 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. 

6 iyul kuni «Verder» ikki o‘tish o‘yini natijasiga ko‘ra, safardagi gol evaziga «Xaydenxaym»ni ortda qoldirib, Bundesligadagi o‘rnini kafolatladi. Futbolchi avvalroq e’lon qilganidek, ushbu bahsdan keyin faoliyatiga yakun yasadi.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli Pissarro faoliyati davomida «Verder», «Bavariya», «Chelsi», «Kyoln» va boshqa klublarda to‘p surdi. Perulik futbolchi «Bavariya» safida 6 karra Germaniya chempioni (2003, 2005, 2006, 2013, 2014, 2015) bo‘ldi.  2012/2013 yilgi mavsumda esa YeCHL g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Pisarro Peru milliy jamoasida ham 1999-2016 yillar davomida to‘p surib, 85 o‘yinda 20ta golga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar