O'zbek Ўзбекча
Xavi «Barselona»ga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin
Juma, 03 Iyul
8458

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi, ayni paytda Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi mavsum oxirida kataloniyaliklar safiga qaytishi mumkin.

Mundo Deportivo jurnalisti Fransesk Agilar xabariga ko‘ra, 40 yoshli mutaxassis «ko‘k-anorranglilar» prezidenti Jozep Bartomeuning bosh murabbiylikka tayinlanish taklifini qabul qilgan.

«Barselona»ni boshqarayotgan Kike Seten katta ehtimol bilan mavsum oxirida ketadi yoki yaqin kunlarda o‘rnini yoshlar jamoasi ustozi Garsiya Pimentega bo‘shatib beradi.

Avvalroq Xavi kelajak rejalari haqida gapirib: «Qachongacha Qatarda ishlayman? Hozircha bilmayman. Yanvar oyida meni «Barselona»ga chaqirishdi, ammo hozir buning mavridi emas. Shu tufayli «As-Sadd»da qoldim. Qatarda ham ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritmoqchimiz.

Yozda «Barselona»ga o‘tamanmi? Bilmadim, ammo maqsadim – kelajakda «Barselona»ni boshqarish. Bu orzum, umid qilamanki u amalga oshadi. Yozdami, keyinchalikmi, bilmayman. Ammo bu ish meni qiziqtiradi», – degan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar