O'zbek Ўзбекча
Xavi «Barsa»ga Mane va Obameyangdan ko‘ra kerakli futbolchini aytdi
Dushanba, 18 May
22208

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Xavi kataloniyaliklarning ehtimoliy transferlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mane va Obameyang ochiq hududda raqibni yo‘q qilishlari mumkin. Ammo «Barselona» kichik hududlarda o‘zini qulay his qiladigan futbolchilarga muhtoj. Menimcha, kataloniyaliklarning o‘yiniga moslasha oladigan futbolchi kerak, ammo uni topish oson emas.  Avvalroq Samyuel Eto'O, hozir Luis Suares klubga mos kelishdi.

Neymarga kelsak, u – dunyoning eng yaxshi 3-5 futbolchisidan biri. Umid qilamanki, u «Barselona»ga qaytadi. Neymar allaqachon Messi bilan birga o‘ynagan. U jamoa o‘yiniga ko‘p narsa olib kelgan bo‘lardi. U bilan shartnoma imzolash ko‘p narsani o‘zgartiradi», – deb Xavining so‘zlarini keltiradi Metro.

Teglar

O'xshash yangiliklar