O'zbek Ўзбекча
Janubiy Koreya chempionati. Iskanderov, Aliboyev va Ashurmatov jamoasi 2-tur o‘yinini o‘tkazdi
Yakshanba, 17 May
4724

Janubiy Koreya chempionati 2-turi doirasidagi navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi.

Key-liga 2-turi doirasida «Seul» klubi chempionat debyutanti «Kvanju»ni qabul qildi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Ikrom Aliboyev o‘yinda maydonga tushmagan bo‘lsa, mehmonlar safida himoyachi Rustam Ashurmatov bahsda to‘liq ishtirok etdi. Afsuski, Ashurmatovning jamoasi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Yana bir uchrashuvda Jamshid Iskanderov to‘p surayotgan «Syonnam» o‘z maydonidan «Incheon Yunayted» klubini qabul qilib, nursiz durang qayd etdi. O‘zbekistonlik yarimhimoyachi o‘yinda to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi.

Janubiy Koreya Key-ligasi. 2-tur. 17 may

«Seul» - «Kvanju» - 1:0
Gol: Chan-Xi (66).

«Syonnam» - «Incheon Yu» - 0:0.

Teglar

O'xshash yangiliklar