O'zbek Ўзбекча
Ektor Kuper Muhammad Salohga qanday maslahat bergani ma’lum bo‘ldi
Yakshanba, 17 May
10885

Misr milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuperning yordamchisi Hani Ramzi Madridning «Real» klubi 2018 yilda Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lganligini ma’lum qildi, deya yozmoqda Marca. 

«Rossiyadagi jahon chempionatidan oldin mart oyida Ektor Kuper murabbiyligida Misr milliy jamoasi bilan Shveysariyada tayyorgarlik ko‘rayotgan edik. O‘shanda Muhammad Saloh Madridning «Real» klubidan taklif tushganligini aytib, men va Ektor Kuper bilan maslahatlashgandi. Bilishimcha, madridliklar yaxshi taklif berishgan. Shunga qaramay, u o‘zini «Liverpul»da yaxshi his qilayotganligi bois unga klubida qolishi kerakligini aytgandik», - deya Hani Ramzining so‘zlarini keltirgan Marca.

Ma’lumot uchun, 2017 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilayotgan Saloh klubi bilan 2018 yilgi Chempionlar ligasi finalida «Real»ga mag‘lub bo‘lgan, bir yil o‘tib esa yana finalga chiqib «Tottenhem»ni mag‘lub etgan holda chempionlikka erishgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper JCH-2018dan keyin Misrni tark etib, O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylangan, bir yillik faoliyatidan keyin esa iste’foga chiqarilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar