O'zbek Ўзбекча
Messi «Barselona» qiziqayotgan hujumchini maqtadi
Juma, 15 May
15287

«Barselona» forvardi Lionel Messi klub «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqayotganligi borasida o‘z fikrini bildirdi.

«To‘g‘risini aytsam, klublar ushbu transfer borasida muzokara olib borayotganiga ishonchim komil emas, chunki bundan xabarim yo‘q. Lautaro haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, chindanam u ideal hujumchi. U kuchli, ko‘p gol uradi, ajoyib driblingga ega, to‘pni o‘zida yaxshi saqlay oladi. Ko‘ramiz, hamma gapirayotgan transfer nima bilan tugarkan», - deydi argentinalik forvard o‘z hamyurti haqida.

Oldinroq, «Barselona» Lautaro uchun 60 million yevro va ikki futbolchisini taklif etayotganligi haqida xabar berilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar