O'zbek Ўзбекча
Lautaro «Inter»dan ikki klub taklifini qabul qilmaslikni so‘radi
Payshanba, 14 May
19677

«Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines yozgi transfer oynasi oldidan o‘ziga bo‘layotgan takliflar bo‘yicha klub oldiga shart qo‘ygan, deya yozmoqda Mundo Deportivo.

Manbaning yozishicha, Lautaro «Inter» klubi rahbariyatidan «Manchester Siti» va «PSJ» klublaridan tushgan takliflarni rad etishni so‘radi. O‘z vakillaridan esa bu klublar bilan muzokara o‘tkazmaslikni so‘ragan. Argentinalik 22 yoshli hujumchi faqat «Barselona» safiga o‘tish istagidaligini yashirmayapti.

O‘z o‘rnida «Barselona» ham Lautaro transferi borasida ish olib bormoqda, ammo Milan jamoasi futbolchi uchun 110 millionlik transfer narxini pasaytirgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Lautaro ushbu mavsumda A Seriyada 22 o‘yin o‘tkazib, 11ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar