O'zbek Ўзбекча
Argentina chempionati muddatidan avval yakunlandi
Seshanba, 28 Aprel
3041

Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia koronavirus pandemiyasi tufayli mavsum muddatidan oldin yakunlanganini e’lon qildi.

«Biz mavsumni muddatidan oldin yakunlashga qaror qildik. Sog‘liqni saqlash idoralari ruhsat berishgani zahoti futbolchilar maydonga qaytishadi. Sog‘liq birinchi o‘rinda turadi», – deb Tapianing so‘zlarini keltiradi El Universo.

Ta’kidlanishicha, 2 mavsum davomida xech bir jamoa oliy diviziondan tushib ketmaydi. Shu bilan birga quyi ligadan jamoalarning oliy ligaga chiqishi saqlanib qolib, 2021/2022 yilgi mavsumda 24ta klub o‘rniga 28ta jamoa qatnashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar